Ushbu hamkorlik doirasida institut IELTS imtihonini o‘tkazish uchun rasmiy test topshirish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Bu esa talabalarga IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni shu yerda topshirish imkoniyatini beradi va talabalar uchun bu katta qulaylik yaratadi.
Institut talabalari ushbu markazni o‘zida tayyorgarlik ko‘rishlari va IELTS imtihonlarini topshirishlari mumkin. IELTS imtihonini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlar yuqori sifatli va oson amalga oshiriladi, bu esa talabalar uchun vaqt va xarajatlarni tejashga yordam beradi.
Jumladan, ushbu markazda IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari, talabalarga til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan maxsus til kurslari ham joriy etilmoqda.
Bu kurslar nafaqat talabalarni IELTS imtihoniga tayyorlashga, balki ularning umumiy til o‘rganishga bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Ushbu kurslar talabalarga akademik yozuv, og‘zaki nutq, eshitish va o‘qish ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa talabalarning til o‘rganish jarayoniga ijobiy va samarali ta’sir qiladi.
Talabalar tilni mukammal bilish orqali nafaqat yurtimizda, balki chet elda ta’lim olish yoki xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. British Council hamkorligida tashkil etilgan ushbu markaz yoshlar uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etib, global miqyosda muvaffaqiyatga erishishlari uchun imkoniyat eshiklarini ochmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4A2zJy338A0?si=vEu6-1H5KOTBaFnB" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Gulnoza Boboyeva,
Nishonboy Abduvoitov(video),
O‘zA