Rossiya va Ukraina o‘zlari belgilab olgan maqsad tomon harakatlanishda, tashqi kuchlar esa umumiy manfaatli yo‘llarni izlashda davom etmoqda.

Xususan, Prezident Vladimir Zelenskiy o‘zaro urush joriy yildan kechikmay yakunlanishi kerakligini aytib, mamlakatining NATOga a’zo bo‘lish istagini yana bir bor bildirdi. Bu haqda “Euronews” yozdi.

– Jang maydonidagi vaziyat zarur tanlovni amalga oshirish imkonini yaratadi, – dedi Zelenskiy Janubi-sharqiy Yevropa davlatlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan sammitda. – Urushni 2025 yildan qoldirmay tugatish uchun qat’iy harakat qilish zarur. Biz Prezident Bayden ma’muriyatiga, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiyaning Yevropada xavfsizlik va tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi dadil sa’y-harakatlariga ishonamiz. NATOga qo‘shilishimiz esa dunyo tinchligi yo‘lida haqiqiy qadam bo‘ladi.

Tashrif chog‘ida Ukraina rahbari Xorvatiya bilan keyingi hamkorlik to‘g‘risida, xususan Bolqondagi ushbu davlatning 1991-95 yillardagi urushdan keyingi gumanitar yordam bilan bog‘liq faoliyati, minadan tozalash va urush jinoyatini ta’qib qilish tajribasini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Uchrashuvda Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Gretsiya, Kosovo, Moldova, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Ruminiya, Serbiya, Sloveniya va Turkiya vakillari ham ishtirok etdi. Qatnashchilar tajovuzkorlikni qoralovchi, Zelenskiyning tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakati, Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishi va urushdan keyin tiklanishini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shma deklaratsiya qabul qildi.

– Erkin, tinch va farovon Ukrainasiz shunday Yevropa bo‘lishi mumkin emas, – deyilgan hujjatda.

Ayni payt Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova, agar mamlakat NATOga qo‘shilsa, “Ukrainada tinchlikka erishib bo‘lmaydi”, dedi.
Uning ta’kidlashicha, g‘arb Ukrainadan “qarama-qarshilik uchun tramplin” sifatida foydalanmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy: Rossiya – Ukraina urushi 2025 yil tugashi kerak