Mamlakatning qudrati, millatning buyukligi ilm-fan va ta’lim-tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois, yurtimizda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yangi bosqichga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, so‘nggi yillarda bolalar bog‘chalari soni 8 barobar oshib, 38 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76 foizga yetdi. Mamlakatimizda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Yoshlarga ikkinchi xorijiy til va kasb o‘rgatish kengaytirildi. Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yildi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan eshituvda aytib o‘tildi. Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Sh.Karimovning “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Axborotda qayd etganidek, 2025 yilda yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablari soni 1 ming 500 tadan 3 mingtaga yetkaziladi, 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi. Ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga o‘rgatiladigan maktablar soni 400 taga yetkaziladi. Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi o‘quvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi.

Shuningdek, Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumta’lim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 ming 943 nafar, shuningdek, 54 ta pedagogik kollej binosini umumta’lim maktabiga aylantirish orqali 32 ming 905 nafar o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Respublikamizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Eshituvda ta’kidlanganidek, “Ta’lim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablari soni 1 ming 900 taga yetkaziladi. Shuningdek, ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy etiladi. Umumta’lim maktablariga pedagog kadrlarni maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yilda xususiy maktablar soni 700 taga yetkaziladi