Tunisda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan eng yuqori natijani Zaynab Dayibekova qayd etdi.
Murosasiz bahslar davomida Olimpiya o‘yinlarining ikki karra kumush medali sohibi, fransiyalik Sara Balser singari taniqli qilichbozlarni mag‘lubiyatga uchratgan Zaynab Dayibekova chorak finalda yana bir fransuz sportchisi Sara Nuchaga bilan ro‘baro‘ keldi. Shiddatli o‘tgan musobaqada hamyurtimiz 8-o‘rin bilan kifoyalanish asnosida xalqaro reyting uchun kerakli ballarni jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
1/32 finalda terma jamoamiz a’zolari Gulistan Perdebayeva va Fernanda Errera bahsida ligioner sportchimiz g‘alaba qozondi. Errera o‘z navbatida, nimchorak finalda turnirning bo‘lajak g‘olibi yaponiyalik Misaki Emuraga 14:15 hisobida yo‘l berishga majbur bo‘ldi.
Hamyurtimiz Islambek Abdazov ham nimchorak finalidan so‘ng tomoshabinlar qatoridan joy oldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA