2023 yilda davlat xizmatlari markazlari tomonidan bir kunda o‘rtacha 70-75 ming nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib kunlik tashrif buyuruvchilar soni 100 ming nafarga yetdi.

Bu 13 million nafarga yaqin fuqaro davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurganini anglatadi. Ushbu raqamlar aholining davlat xizmatlariga ehtiyoji yuqori ekanidan dalolatdir.

Ma’lumki, Adliya vazirligi tomonidan aholi ehtiyojlari inobatga olinib va ularga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlari shanba kunlari ham xalqimiz xizmatida. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar yanada sifatli bo‘lishi uchun respublikadagi barcha davlat xizmatlari markazlari Situatsion markaz orqali nazorat qilib borilmoqda.

Vazirlik rahbariyati tomonidan Situatsion markaz orqali monitoring amalga oshirib boriladi. Situatsion markaz davlat xizmatlari markazlari va FHDYO bo‘limlariga tashrif buyuruvchi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini monitoring qilib borish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.

Monitoringlardan birida Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Abdullayevning davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotgani kuzatildi. Bu rahbariyat tomonidan xizmat sifatiga bo‘lgan e’tibor va jamoaga shaxsiy o‘rnak bo‘lishning yorqin namunasidir.

“Situatsion markaz“dagi kuzatuv kameralari orqali rahbarlar muloqoti tashkil etildi hamda jarayon masofadan turib o‘rganildi.

Qolgan davlat xizmatlari markazlarida ham ushbu funksiyalarni to‘liq joriy etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari markazlariga o‘tgan yilda 13 million nafarga yaqin fuqaro tashrif buyurgan