O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Joriy haftada 2025 yil Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Yaqin vaqt ichida bizda ham elektron sigaretalar ta’qiqlanishi mumkin.
Majburiy to‘lovlardan qarzdorligi borlardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarning qabul qilinishi cheklanishi mumkin.
9-yanvar kuni, mazkur masala Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi majlisida ko‘rib chiqildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda notanish telefon raqamlardan qilingan qo‘ng‘iroqlarga javob berishi bilan fuqarolarning bank kartalaridagi pul mablag‘lari avtomatik tarzda yechib olinayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Markaziy bank axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy haftada ham kurmagiga pul ildirilgan qarmoqlar tortildi.
Natijada, Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shu va boshqa mavzular "Hafta tafsiloti" dasturida
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/e9Yg5HGC6e8" title="Hafta tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
D.Bo‘riyev, I.Ismatov, D.Yakubov (video), O‘zA