Aks-sado

Mana yana bir yoshga ulg‘aydik. Yakunlangan yil jonajon diyorimiz va dunyo hamjamiyatida quvonchli va shu bilan birga alamli kunlari bilan xotiramizda qoldi. Voqealarning yaxshisini eslash kishi diliga quvonch olib kirsa, qayg‘ular esa o‘z-o‘zidan yuraklarga og‘riqli zarbalarni beradi.

Yil boshida har bir inson yaxshi tilaklar va orzular qurshovida bo‘ladi. Faqat va faqat yaxshiliklar bisyor bo‘lishini ko‘ngil doim sog‘inib yashaydi. Ayniqsa, yangi yil bayrami yosh va keksani birdek ezgulikka chorlagani sabab,   ko‘zlarda, nigohlarda quvonch jo‘sh urib turadi.

Yangi yil bayramini qarshi olish aslida yil boshidan boshlanadi. Chunki, yil davomida erisha olmagan orzularga yil boshidan niyat qilinadi.

Xalqimiz orasida “Esimni tanigandan buyon” degan gap ko‘p aytiladi. Haqiqatdan, yangi yilni oilamizda esimni tanigandan buyon nishonlab kelamiz. Yosh ulg‘aygan sari bolalik chog‘larni qo‘msash odatiy holga aylanib qoladi. Uyimiz yangi yil arafasida qo‘shnilar, yaqinlar, hatto qo‘shni qishloqlardan ham tanishlar bilan to‘lib ketar edi. Buning boisi, davlatimiz tomonidan bobomning mehnatlari qadrlanib, “Temp” nomli katta televizor sovg‘a qilingan edi. Eslasam, bunday televizor qishlog‘imizda faqat bizda bo‘lardi. Yurtimizda nishonlanadigan bayram dasturlarini ekran orqali tomosha qilish uchun kelgan yaqinlar oilamiz uchun g‘urur bag‘ishlardi. O‘sha kuni qozonlar oshga, dasturxonlar noz-ne’matga to‘lib ketardi. Bir so‘z bilan aytsak, bayram bayramdek o‘tardi. Yangi yil tabrigini har birimiz intiqlik bilan kutardik. Davlat rahbari tabrigining o‘zbekcha matnini TVda diktorlar O‘ktam Jobirov, ruschasini Galina Melnikova o‘qirdi. Shundan so‘ng konsert dasturlari boshlanib, yarim tungacha hamma ekrandan ko‘zini uzmasdi.

Yangi yilni qarshi olish esimni taniganimdan beri oilamizda shu tariqa nishonlanadi. Yillar o‘tdi. Ulg‘aydik. Dunyoqarash o‘zgardi. Texnika rivojlandi. To‘kinchilik davri boshlandi. O‘zbekiston deb atalmish diyorimizni dunyo tan oldi. Har bir sohada rivojlanish, yuksalish davom etmoqda. Yangi uylar, yangi korxonalar, ravon yo‘llar, yangi rusumdagi texnikalar inson va uning baxtli hayot kechirishi uchun xizmat qilmoqda. Har bir sohada erishilayotgan yutuqlarimizdan nafaqat biz, balki dunyo lol qolmoqda. Bularning hammasi yurtimizda hukm surayotgan tinchlikdan dalolatdir. Tinch yurtga yaxshiliklar, bayramlar, to‘ylar yarashadi.

Eslaganim “Temp” nomli televizorlar bugun tarixga aylandi. O‘sha vaqtdagi bayram dasturlari ham xotiramizda qoldi. U vaqtlarni entikib eslash men uchun juda yoqimli. Hozir televizorlarning zamonga xos va mos turlari chiqib ketgan. Shunga yarasha dasturlar ham juda rang-barang.  

31 dekabr kuni dasturxon odatdagidan o‘zgacha bezatilishi hamma xonadonda bor odat. 2024 yil bilan xayrlashish uchun to‘kin dasturxon atrofida oila bilan jam bo‘ldik. Ekran orqali uzatilayotgan dasturlarning qaysi birini ko‘rish hammani shoshirib qo‘ygan bo‘lsa ajabmas.  

Aholining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish uchun barcha televideniye kanallari ijodkorlari bor imkoniyatlarini ishga solib mehnat qildi, deb ayta olaman. Bayram kunlari kuzatganim “Sevimli”, “ZO‘R TV”, “Mening yurtim”, “Milliy” va boshqa telekanallar bo‘ldi. Bir ovozdan barcha kanallar ijodkorlarining mehnatiga tasanno aytgim keldi. Ular yurtimizda yashab ijod qilayotgan turli yoshdagi san’at vakillarini qayta kashf etdi, deyish mumkin. Bir-birini takrorlamaydigan shou-dasturlar ortida katta ijodiy mehnat, mas’uliyat, fidoyilik borligi sezilib turdi. Ssenariy mualliflari, sahna bezaklari ustalari, rassomlar, bastakorlar, libos va  chiroq ustalari, ovoz rejissyorlari, boshlovchilar, tasvirchilar, suxandonlar, qo‘yingchi, barcha-barcha ishtirokchilar bayramning mazmunli va maroqli o‘tishini ta’minlashga munosib hissa qo‘shdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Dasturxon atrofida oilamiz bilan Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini ekranda hayajon bilan tingladik. Prezident tabrigi bizga katta ruhiy kuch-quvvat bag‘ishladi.Turmushimiz yanada farovon, hayotimiz yanada obod bo‘lishiga ishondik.

Boshlangan yangi yildan umidlarimiz ko‘p, orzularimiz katta. Har bir sohada yutuqlar, yuksak natijalarga erishish, har birimizning oldimizga qo‘ygan rejalarimiz bor. Ularga erishish o‘zimizga, bilim va salohiyatimizga bog‘liq, albatta. Buning uchun bizdan ko‘p narsa talab etilmaydi. Ozgina e’tibor, mas’uliyat, ijodkorlik va mehr bo‘lsa bas. Yil hammamizga yaxshiliklar olib kelsin, ilohim.

Asror Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yildan umidlarimiz ko‘p