Zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoni davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Uni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish oliy ta’limni modernizatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Mazkur tizimni takomillashtirish bo‘yicha bugunga qadar amalga oshirilgan ishlar shubhasiz, samara berish bosqichiga o‘tdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan 2024 yil tizimda amalga oshirilgan ishlar haqida suhbatlashdik.

– 2024 yil nafaqat oliy ta’lim, balki ilm-fan, kasbiy ta’lim va innovatsiyalar sohasi uchun ham samarali kechdi, – deya fikrini boshlaydi vazir. – Ma’lumki, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga  qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Bundan tashqari, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilindi.

O‘tib borayotgan yildagi eng katta voqeliklardan biri esa hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 20 iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘ldi. Unda oliy ta’lim tizimi oldiga juda katta vazifalar qo‘yildi. Masalan, “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida, har bir oliygohga sanoat hamkori belgilab berildi. Barcha muhandislik oliygohlarining hamkor korxonalarda kafedralari ochilib, dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Kasbiy ta’lim sohasidagi islohotlar ham samarali bo‘ladi. Avvalo, zamonaviy mehnat bozorining ehtiyojlariga mos kadrlarni tayyorlash, yoshlarning bandligini ta’minlash va iqtisodiyotni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Bunda kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqaro 38 ta kasb bo‘yicha qayta o‘qitildi.

Aytib o‘tish kerakki, zamonaviy texnologiyalar va iqtisodiy o‘zgarishlar fonida ba’zi kasblarga bo‘lgan ehtiyoj kamaymoqda. Shu sababli, kasbiy ta’lim klassifikatori yangilandi va 241 ta ehtiyojsiz kasb chiqarib tashlandi, o‘rniga 24 ta yangi kasb qo‘shildi. Bu esa mehnat bozoridagi ehtiyojlarga moslashgan, zamonaviy talablar asosida shakllantirilgan kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirdi.

Ayrim natijalar haqida ham to‘xtalib o‘tsak, nufuzli “QS” xalqaro reytingida 2 ta oliygoh TOP-1000 talik ro‘yxatidan o‘rin oldi. Bu oliy ta’lim tizimining tarixiy natijalaridan biridir! Ilk bor ushbu ro‘yxatda yetakchilar qatorida qayd etildik. Ya’ni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU – 547-o‘rin, O‘zbekiston milliy universiteti – 781-790-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti undan o‘rin oldi. Bundan tashqari, 48 ta oliygoh reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

– 2025 yilga qanday maqsadlar bilan harakat qilmoqdasiz? 

– Oldinda juda ulkan marralarni belgilab olganmiz. Hozirda respublikamizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 taligiga kiritish uchun harakat qilyapmiz. 

Bilasiz, bugun muhandis kadrlarga ehtiyoj qay darajada ortib bormoqda. Shuni hisobga olib, 35 ta muhandislik oliy ta’lim muassasasi 20 taga yiriklashtirilib, xalqaro talablarga mos ta’lim dasturlari kengaytiriladi.

Shuningdek, pedagogika, arxitektura va qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, san’at, shuningdek, sport, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash sohalaridagi oliy ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich yiriklashtiriladi.

Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka o‘tagan professor-o‘qituvchilar ulushi 20 foizga oshiriladi. Respublika oliy ta’lim muassasalariga jalb qilingan xorijiy professor-o‘qituvchilar (xorijiy oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) ulushi 12 foizga yetkaziladi.

O‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalar hissasini oshirishni ham rejalashtiryapmiz. Yaqin istiqbolda mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 80 foizga yetkaziladi.

Bilasizmi, tez orada o‘quv va ilmiy adabiyotlarning 90 foizi elektron shaklga o‘tkaziladi. Internet orqali xohlagan materialingizni oson topib o‘qishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha o‘quv jarayonlari elektron boshqaruv tizimi orqali nazorat qilinadi. Boshqacha aytganda, ta’lim sifatini kuzatish va baholash 100 foiz raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.

Ilmiy salohiyatga oid rejalarimiz ham ko‘p, oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning 70 foizi ilmiy darajaga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Magistraturada tahsil olganlardan 45 foizi ilmiy ish olib borishga yo‘naltiriladi. Bu yoshlar orasida ilmga qiziqishni kuchaytiradi. O‘zbekiston olimlarining nufuzli xalqaro nashrlarda maqolalarini ko‘paytirishga erishishimiz kerak. Masalan, “Scopus” yoki “Web of Science” kabi bazalarda 7 000 dan ortiq maqola chop etishga kirishganmiz.

Oliy ta’limdan keyingi ilmiy izlanishlarga ajratiladigan kvotalar ham ko‘paytiriladi. Demak, yanada ko‘proq yoshlar ilmiy ish qilish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2025 yilda muhandislik yo‘nalishidagi ilmiy ishlarga ajratiladigan mablag‘ 4 barobar oshiriladi. Texnologik parklar, biznes-inkubatorlar va innovatsion markazlar soni 55 tadan 65 tagacha ko‘paytiriladi. Bu yangi biznes va ixtirolar uchun katta imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, ushbu rejalar O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyani yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan. Ular amalga oshsa, jamiyatda bilimli yoshlar, yuqori darajadagi olimlar va tadbirkorlar salmog‘i oshadi.

– Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida malakali mutaxassislar ulushi qanday? 

– Oliy ta’lim tizimida joriy yilda 4 970 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirdi. 2 510 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb etildi. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati esa (ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ulushi) 45 foizga yetkazildi.

– Soha bo‘yicha vazifalarni qay darajada uddaladik, deb o‘ylaysiz?

– Bugun davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan har bir qaror, farmon va hujjatlar xalqimizning dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning manfaatiga qaratilgan. Ana shu hujjatlarda belgilanganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichi  tasdiqlanmoqda.

“Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS– O‘zbekiston bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlanishi kutilyapti.

Ta’kidlab o‘tishni istardimki, O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishi va rivojlanishi uchun haqiqatan ham katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Masalan, qizlar uchun maxsus davlat grantlari ajratish amaliyoti joriy qilingan. Bu nima degani? Har yili oliy ta’limga qabul qilishda ular uchun alohida o‘rinlar ajratiladi. 

Shuningdek, hali oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ham ajoyib imkoniyat bor. Har yili shunday 500 nafar ayol davlat universitetlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Quvonarlisi, bu ularni o‘qishga qabul qilish umumiy kvotalardan tashqari amalga oshiriladi. Mana bir necha yildirki, magistraturaga o‘qishga kirgan ayollar uchun kontrakt to‘lovlarini ham davlat o‘z zimmasiga olgan. Bu chora-tadbirlar xotin-qizlarning faolligi, bilim olishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun katta dastak aslida. 

 – Xalqaro aloqalarda eng muhim erishilgan yangilik va yutuqlar qanday? 

– Bilasizmi, vazirlik tizimidagi barcha oliygoh va texnikumlar o‘z yo‘nalishlarida xalqaro tashkilotlar, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy institutlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. 

Joriy yilda ham oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida 7 ta yirik  xalqaro (Xitoy, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Italiya, Rossiya, Turkiya) forum o‘tkazildi. Ushbu anjumanlar doirasida 250 dan ortiq shartnoma imzolandi.

Shuningdek,  YUNESKOning 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilishi munosabati bilan, Belarus, Turkiya, Germaniya, Braziliya, Meksika, Daniya, Slovakiya, Avstriya davlatlarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarning targ‘iboti bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazildi.

Xalqaro hamkorlik haftaligi doirasida esa “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad” mavzusida konferensiya tashkil etildi. Unda 35 nafar xorijiy va 100 nafardan ziyod mahalliy ekspert ishtirok etishdi. Umuman, biz o‘qitish tizimiga bosqichma-bosqich ilg‘or xalqaro dasturlarni, sinalgan tajribalarni joriy etib boryapmiz va bu jarayonda siz ta’kidlagan xalqaro aloqalar juda muhim. 

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek “Najot – ta’limda, najot – bilimda!” Hayotimiz ertaga bugungidan yaxshiroq, yurtimiz obod, jamiyat farovon bo‘lishini istasak, ilm o‘rganishdan boshqa choramiz yo‘q. 

O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘ng‘irotboy Sharipov: «yurtimiz obod, jamiyat farovon bo‘lishini istasak, ilm o‘rganishdan boshqa choramiz yo‘q»