Qishning birinchi oyi ilk haftasi respublikamizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax viloyatida ham qorli sovuqlar bilan boshlandi.

Havo harorati kechasi – 8, – 10, kunduzi – 4, – 6 daraja sovuqni ko‘rsatmoqda.  Bunday ob-havoda avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘ladi. Transport vositalarining harakatlanishida esa noqulayliklar yuzaga kelib, yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish xavfi ortadi.

Ana shunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida  Jizzax viloyat IIB JXX YHX yo‘l patrul xizmati xodimlari nazoratida yo‘lsozlar tomonidan viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 “Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lining dovon qismida muzlamalarni bartaraf etish maqsadida yo‘llarga maxsus qum va tuz aralashmalari sepib chiqilmoqda.

Shuningdek, Zomin tumanida ham harakat xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish  maqsadida avtomobil yo‘llaridagi muzlamalar bartaraf etilmoqda.

Xuddi shunday tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida izchillik bilan amalga oshirilayotir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/15h2349liiU?si=I0nj5nJqAEIn1xIS" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov (video),

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘llardagi muzlamalar bartaraf etilmoqda(+video)