Mamlakat chegaralaridagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlaridan reportaj
Har bir mamlakatning nechog‘lik osoyishta va farovon ekani uning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro hamkorligida, qo‘shnichilik munosabatlarida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Bundan bir necha yillardan oldin O‘zbekiston bu borada maqtarli darajada emas edi. Chegaralar yopilgan, ming yillik bordi-keldilar uzilgandi.
Ammo vaqt o‘tib, Yangi O‘zbekiston rahbariyatining siyosiy irodasi tufayli bu tushunmovchiliklarga barham berildi.
2024 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi davlat rahbarlarining sa’y harakati bilan "Qorasuv" avtoyo‘l o‘tkazish punktlari ish faoliyatining qayta tikladi.
ANDIJON. "Qorasuv" avtoyo‘l o‘tkazish punkti
"Qorasuv" avtoyo‘l o‘tkazish punkti 2010 yilda o‘z ish faoliyatini to‘xtatgan edi.
Bu punkt Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan bo‘lib, maqomi jihatidan ikki tomonlama hisoblanadi va faqat O‘zbekiston hamda Qirg‘iz Respublikasi fuqarolari uchun xizmat ko‘rsatadi.
Ayni paytdla esa ushbu o‘tkazish punkti orqali fuqarolar faqat piyoda tartibida o‘tib qaytishlari mumkin, shuningdek, o‘tkazish punktining ish faoliyati kunning yorug‘ qismida olib borilishi belgilangan. Mazkur o‘tkazish punkti o‘rtacha 5-8 mingga yaqin fuqaro uchun xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda o‘rtacha 2,5-3 ming nafar fuqarolar Davlat chegarasi orqali o‘tib-qaytishmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon fuqarolarning 60 km qo‘shimcha masofani bosib o‘tishga ketadigan vaqti va xarajatlari tejalishiga erishildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/bOH63FP59kI?si=0oaA9gU_iVSoweM5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘zA