Vatanimiz tarixidagi 20 noyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

961 yil (bundan 1063 yil oldin) – Somoniylar davlatining o‘n yetti yoshli amiri Abdulmalik ibn Nuh chavgon o‘ynab turib, otdan yiqilib halok bo‘ldi. U otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin o‘n yoshida taxtga o‘tirib, 954–961 yillarda hukmronlik qilgan edi. Tarixchi Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida uning hukmronlik davri haqida quyidalar bayon etilgan:

“Amiri hamid (Nuh ibn Nasr) dunyodan o‘tgach, Amiri rashid (Abdulmalik ibn Nuh)ga bay’at etdilar. U o‘n yoshida podshohlikka o‘tirdi. Amiri hamidning vafot etganligi xabari viloyatlarga yetgach, har kim bir viloyatga ega bo‘lishni tama qildi. (Amiri rashid) Ash’as ibn Muhammad ibn Muhammadni Xurosonga yuborgan edi, unga Hirot va Isfahonda ko‘p janglar qilishga to‘g‘ri keldi va u viloyatlarni bo‘ysundirdi. 

U hali shu ish bilan mashg‘ul bo‘lib, jang qilayotgan ediki, Amiri rashid otdan yiqildi va shu kechasiyoq vafot etdi. U kecha chorshanba kechasi bo‘lib, uch yuz elliginchi yil shavvol oyidan sakkiz kun o‘tgan (milodiy 961 yil 20 noyabr) edi. Uning podshohlik muddati yetti yil bo‘ldi. Uni dafn qilganlaridan keyin lashkar isyon qilib qo‘zg‘olon ko‘tardi va har kim podshohlikni tama qilib, g‘alayonlar yuz berdi”.

1528 yil (bundan 496 yil oldin) – Zahiriddin Muhammad Bobur biroz muddat davom etgan kasallikdan shifo topganidan keyin “Hasht behisht” bog‘ida bo‘lgan bir to‘yda ishtirok etdi. U yerda Bobur hirotlik tarixchi G‘iyosiddin Xondamir bilan uchrashdi. Bobur o‘z asarida Xondamirni “ajoyib inson edi”, deb ta’riflagan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, tarixchi Xondamir o‘n uchta asar yozgan, bizgacha ulardan sakkiztasi yetib kelgan. U 1528 yil sentyabrida Hindistonga Bobur huzuriga butunlay xizmat uchun borib, Bobur vafotidan so‘ng Humoyun podshoh xizmatida bo‘lgan. Xondamir o‘zining “Humoyunnoma” asari uchun “Amir ul-muarrixin” (“Tarixchilar amiri”) unvoniga sazovor bo‘lgan. Hirotlik tarixchi o‘z vasiyatiga binoan Dehlidagi Nizomiddin Avliyo maqbarasi ichida mashxur shoir Xusrav Dehlaviy kabri yoniga dafn qilingan.

1819 yil (bundan 205 yil oldin) – Xiva xoni Muhammad Rahimxon elchi Nikolay Muravyovni qabul qildi. Elchi xonga Rossiya hukumati yuborgan in’omlarni topshirdi. Oradan bir kun o‘tgandan so‘ng, ya’ni 21 noyabrda rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim tamom bo‘lgandan so‘ng, Nikolay Muravyovga xonning in’omlari berildi va o‘z vataniga qaytishga ruxsat etildi. 27 noyabrda Nikolay Muravyov va xon tomonidan tayin etilgan Xiva elchilari: yuzboshi Eshnazar va Yoqubboy Xivadan jo‘nab ketdilar.

Tarixchi Umarbek Sheripovning yozishicha, xon bilan suhbatdan keyin Muravyov o‘z hisobotida “Muhammad Rahimxon butunlay yangi davlat barpo qildi, deyish mumkin. Endilikda bu davlat O‘rta Osiyodagi eng kuchli xonliklar jumlasiga kiradi”, – deb yozgan edi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, kapitan Muravyov Kavkazdan elchi sifatida shu yili oktyabr oyining boshida kelgan. Xon uni qabul qilmasdan, “josus bo‘lsa kerak” degan shubha bilan Qo‘shko‘pirdagi Ilgaldi qishlog‘ida qirq kundan ortiq kutib turishga majbur qilgan. Rus tarixchisi I.N.Zaxarinning ta’kidlashicha, Muhammad Rahimxon Nikolay Muravyovning elchi va bojmon niqobi ostidagi harbiy ekanini ancha keyin bilgan va uning boshini tanasidan judo qilmaganiga afsuslangan.

1918 yil (bundan 106 yil oldin) – Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi ochlikka qarshi kurash Markaziy komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Keyinchalik bunday komissiyalar mahalliy Sovetlar qoshida ham tuzilgan va ularga “musulmonlar orasida alohida ishonch qozongan mahalliy aholi” vakillari ham kirgan. Shunday vakillardan biri – Turor Risqulovning sa’y-harakati bilan o‘lkada minglab mahalliy aholi ochlikdan qutqarib qolingan.

1918 yil (bundan 106 yil oldin) – Turkiston Markaziy Ijroiya Ko‘mitasining Turkiston shaharlaridagi telefon stansiyalarini milliylashtirish (natsionalizatsiya kilish) hakida dekreti e’lon kilindi. Turkistonning Ashxobod, Marv, Qo‘kon, Samarkand, Andijon, Verniy va Toshkent shaharlarida mavjud bo‘lgan telefon tarmoqlari shahardagi boshkarish organlari va xususiy tadbirkorlarning tasarrufida edi. Ular ham natsionalizatsiya kilinib, pochta va telegraf boshkarmasi tasarrufiga o‘tkazildi.

1919 yil (bundan 105 yil oldin) – mexanika sohasidagi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Halim Usmonxo‘jayev tavallud topdi (vafoti 1993 yil). U 1989 yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati bo‘lgan.

1921 yil (bundan 103 yil oldin) – Buxoro Iqtisodiy Kengashi tashabbusi bilan Rossiya Savdo halq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakili M.Zalsmanov va Buxoro Savdo va ishlab-chiqarish halq noziri A.Muhitdinov o‘rtasida savdo bitimi tuzildi. Bitimga muvofiq, Buxoro hukumati G‘arbiy Yevropa bozorlariga Rossiya vositachiligida 200000 dona qorako‘l teri sotgan. Rossiya hukumati qorako‘l teri uchun 200000 rubl oltin pulda avans bergan, shuningdek, Buxoro hukumati uchun kerakli bo‘lgan boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan.

1934 yil (bundan 90 yil oldin) – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov tavallud topdi (vafoti 2015 yil). U – bastakor, xonanda va sozanda, O‘zbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiyning o‘g‘li. Obid Yunusov uzoq yillar davomida O‘zbek milliy akademik drama teatrida ishladi. “Parvona” spektaklidagi O‘tkuriy, shuningdek, “To‘ylar muborak”, “Chinor ostidagi duel”, “Shaytanat” filmlaridagi rollari bilan mashhur. U 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

1941 yil(bundan 83 yil oldin) – Moskva ostonalaridan Toshkentga V.P.Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi anjomlari yuklangan birinchi eshelon yetib keldi. Oradan 40 kun o‘tganidan so‘ng 1942 yil 7 yanvarda aviasozlar O‘zbekistonda birinchi ishlab chiqarilgan jangovar PS-84 va 1942 yil sentyabrda esa yangi Li-2 nomi bilan yaratilgan samolyotlarni frontga jo‘natdilar. Zavod ishchilari ba’zi kunlari 2–3 tadan harbiy samolyotlar ishlab chiqardi.

1958 yil(bundan 66 yil oldin) – O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qarori bilan O‘zbekiston Markaziy davlat arxivi (hozirgi O‘zbekiston Milliy arxivi) tashkil etildi. 

1969 yil (bundan 55 yil oldin) – Samarkand avtomobilchi komandir-muhandislar oliy harbiy bilim yurti tashkil etildi.

2017 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2017 yil(bundan 7 yil oldin) – Koreya Respublikasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob 50 ming nusxada chop etildi. Ushbu kitob 8 bo‘lim, 320 sahifadan iborat bo‘lib, ko‘plab suratlar bilan boyitilgan. Uning muallifi mashhur jurnalist va yozuvchi Cho Chol Xyondir.

2023 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi» tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tarixchilar amiri” unvoniga sazovor bo‘lgan olimni bilasizmi?