Sirdaryoda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning bahor mavsumida 9,7 million dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlar ekilgan bo‘lsa, kuzgi mavsumda 5,3 million dona ko‘chat ekiladi.

–Buning uchun maxsus dastur ishlab chiqilib, u asosida ishlar boshlab yuborilgan, –deydi Sirdaryo viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tog‘ayev. —Bunda bor e’tiborni Sirdaryo viloyatining iqlim sharoitiga mos, sho‘rlanishga chidamli ko‘chat navlariga qaratganmiz.

Eng asosiysi, Sirdaryoda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida shahar va tuman hududlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari bo‘yi, qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari, tashkilot va mahalla hududlari, ariq va kanal yoqalariga ekilishi kuzda tutilgan 5,3 million dona ko‘chatning 1,5 million donasi viloyat o‘rmon xo‘jaligidan, 1,2 million donasi ko‘chatchilik sohasiga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklaridan, 3,1 million donasi esa aholi tomorqalaridan keltiriladi. 

Bundan tashqari, tuman va shaharlarda 21,5 gektar maydonda “Yashil bog‘”lar, 15,2 gektar maydonda “Yashil jamoat parklari”, 11 ta hududda “Hokimlik bog‘”lari, 11,6 gektar maydonda “Yashil belbog‘”, 10,4 gektar maydonda esa jamoatchilikning fikriga asosan “Yashil bog‘” hamda “Yashil jamoat parklari” tashkil etiladi.

Viloyatdagi mavjud daraxtlar, ularni zararkunanda hasharotlar hamda kasalliklardan himoya qilish tadbirlariga jami 1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. 

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
5,3 million dona ko‘chat ekiladi