Sirdaryo viloyatining olis va chekka hududi hisoblangan Oqoltin tumanining Andijon mahallasida ham Sayxunobod va Uychi tumanlari tajribasi asosida aholining shart-sharoitini yaxshilash, daromadini oshirish, kambag‘allikdan chiqarish maqsadida xayrli va savobli ishlar boshlab yuborildi.

Oldiniga "Andijon"da istiqomat qilayotgan oilalar xatlovdan o‘tkazildi. Kam daromadli, ishsiz, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 108 ta kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirib olindi. Kambag‘alligi sababi o‘rganildi. Shunga asosan dastur ishlab chiqilib, amaliy ishga o‘tildi.

Aholiga qarashli bo‘sh turgan va foydalanilmay kelinayotgan yer maydonlariga to‘qsonbostiga sarimsoq va boshqa ekinlarni ekish ishlari yo‘lga quyildi. Ishsiz va daromadsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, daromadini oshirish maqsadida parrandachilik, quyonchilik, kasanachilik asosidagi ishlar boshlab yuborildi. Va shu bilan birga, tijorat banklarining 96 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i hisobiga, 16 ta 1 sotixli, 1 ta 15 sotixli issiqxona qurilib, ishsiz va daromadsiz aholi vakillariga berilgan bo‘lsa, dehqonchilik qilish, qo‘shimcha daromad topish istagida bo‘lgan 94 nafar yoshga 50 sotixdan yer maydoni ajratildi.

–Rosti “qo‘l kaltaligi”, muqim ishlaydigan ish joyimning yo‘qligi bir muammomga o‘n muammo qo‘shib kelayotgandi,–deydi Jasurbek Abdusamadov.–Prezidentimizning 2024 yil 23 sentyabrdagi "Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida"gi farmoniga binoan menga imtiyozli kredit mablag‘i hisobidan issiqxona qurib berishdi. Yerni tayyorladim, o‘g‘it keltirdim. Endi unga Sayxunobod tajribasi asosida rediska va ukrop ekmoqchiman. Nasib qilsa, unib- o‘sgan, tayyor bo‘lgan mahsulotlarimni yangi yil bayrami oldi bozorga chiqarmoqchiman. Chunki, o‘sha vaqtda bu mahsulotlarning bozori chaqqon bo‘ladi. Qancha daromad qilishimni aytolmaymanu, ammo yaxshigina daromad qoladi,debo‘ylayman.

–Xorijda ham ishlab ko‘rdim,– deydi Doston Omonov.–Topmadimmas, topdim, ammo ming azob bilan. O‘z yurtingda, tug‘ilib o‘sgan joyingda ishlaganga nima yetsin. Tuman hokimining tashabbusi, mahallani qo‘llab-quvvatlovi tufayli mahallamiz hududida yangitdan qurilgan 2 ta 1 sotixli issiqxonani 7 yillik imtiyozli kredit hisobiga oldim. Bunga atirgul ekaman. Chunki gulchilikdan tajribam bor. 2 yil Rossiyada, 1 yil Toshkentda gul yetishtiradigan tadbirkorlar qo‘lida ishlab, gul yetishtirish sir-asrorini o‘rganganman. Asosiysi, yetishtirilgan atirgullarning xaridori yo‘q emas. Oqoltin, Do‘stlik, qolaversa, Gulistondagi gul do‘konlariga yetkazib beraman. Chunki ular talabi va taklifini o‘rganib chiqqanman. Rossiyada ishlab topganimdan ikki hissa ko‘p, bir yilda 1 ta issiqxonadan 30-35 million, 2 ta 1 sotixli issiqxonadan 60-70 million so‘m atrofida daromad topsam bo‘ladi.

– Dehqonchilik va chorvachilik hududimiz aholisining drayver sohasi hisoblanadi. Odatda qovun, tarvuz va boshqa ekin turlarini ekib, shundan daromad qilishadi,–deydi "Andijon" mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Sarvarbek Eshonqulov.– Qolaversa, bu yildan boshlab, Sayxunobod tumani tajribasi asosida aholimiz o‘z tomorqalariga sarimsoqpiyoz, ertaki sabzi, ismaloq va boshqa ekin turlarini ekishyapti. Xullas, ishsiz, bekor yurgan kishini uchratmaysiz. Maqsad -muddao bor. Chunki ro‘zg‘or obodligiga, dasturxon to‘kinligiga nima yetsin.

Bundan tashqari, mahallada imtiyozli kredit hisobidan ijtimoiy reyestrda turgan 5 nafar fuqaroning bir nafariga “Go‘zallik saloni” uchun jihoz, bir nafariga tikuvchilik mashinasi, bir nafariga qishloq xo‘jaligi asbob- uskunasi, bir nafariga parranda, chorvachilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 6 nafar fuqaroga chorva mollari, kompyuter sohasiga qiziqishi bo‘lgan fuqaroning farzandiga kompyuter jamlanmasi olib berildi.

Xullas, Oqoltin tumanining Andijon mahallasida aholini kambag‘alchilikdan farovonchilik sari yetaklaydigan tashabbuslar kun sayin tobora quloch yoymoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘allikdan farovonlik sari