Xalqaro turnirda bokschilarimiz 10 ta medalli bo‘ldi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Qozog‘istonning Aktau shahrida "Shokir Boltekuli" xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XVI xalqaro turnirda 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Kecha musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi. Murosasiz janglar natijasiga ko‘ra, hamyurtlarimizdan Sayat Ilyasov, Shahboz Yunusaliyev, Sirojiddin Xojahmedov, Nusrat Tohirov oltin, Nodirjon Mirzahmedov va Sardor Shomurodov kumush, Ayubxon Baxtiyorov, Javohir Qoysinov, Alisher Ayubov, Aynazar Kenesbayev o‘z vaznlarida bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Mazkur musobaqalarni hakam sifatida boshqarib borishda “Atlanta-1996” Olimpiadasi sovrindori, hozirda xalqaro toifadagi referi, hamyurtimiz Karim To‘laganov ishtirok etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA