Bugun, 13 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Jahonning eng nomdor shaxmat jamoalari ishtirok etayotgan olimpiadaning 3-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Xorvatiya terma jamoasi bilan, qizlarimiz esa Vengriya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Aytish lozim, Xorvatiya 1-turda Malavi terma jamoasini 4:0, 2-turda Qirg‘iz Respublikasi vakillari 3:1 hisobida dog‘da qoldirgandi. Shaxmatchi qizlarimizga qarshi dona suradigan vengriyaliklar bo‘lsa 1-turda Puerto-Rikoni 4:0, 2-turda Ekvador terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etgan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA