Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat olimpiadasi 2-turida hamyurtlarimiz g‘alabaga erishdi

12 sentyabr kuni Budapeshtda o‘tayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 2-tur bahsida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Misr vakillari bilan kuch sinashdi.

2-turda erkaklar terma jamoamiz Misr jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Shaxmatchilarimizdan Nodirbek Abdusattorov Nodirbek Yoqubboyev Javohir Sindorov raqiblari bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidovning g‘alabasi hamyurtlarimizga muvaffaqiyatni tortiq etdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar Angola terma jamoasini 2:0 hisobida yengdi. Vakillarimizdan Afruza Hamdamova va Nilufar Yoqubova murosa yo‘lini tanladi. Umida Omonova hamda Marjona Malikova g‘alabaga erishdi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA