Hindistonning Nyu-Dehli shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 44-Bosh Assambleyasi yakunlandi.

Assambleyada tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylandi. Shuningdek, 5 ta mintaqaga vitse-prezidentlar ovoz berish yo‘li bilan aniqlab olindi.  

Otabek Umarov O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘onistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi. Qayd etish joizki, Otabek Umarovning so‘nggi yillarda sport boshqaruvida erishgan muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etilib, yanada mas’uliyatli lavozimga saylandi va endi u butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Olimpizm harakatining rivojiga mas’ul bo‘ladi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.  

Shuningdek, 44-Bosh Assambleyada tashkilotning tarkibiy qismlariga ham saylovlar o‘tkazildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov OOKning Etika qo‘mitasi a’zoligiga saylandi.  

Qayd etish joizki, mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos bo‘lgan Oybek Qosimov avval ham ushbu sohada samarali mehnat qilgan. Xususan, bir vaqtda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

O.Qosimov endilikda osiyolik atletlar, yirik sport tadbirlariga mezbonlik qiladigan shaharlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida ham o‘z bilimlarini ishga soladi.  

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Otabek Umarov va Oybek Qosimov endilikda mintaqamizdagi Olimpizm harakatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida ham faoliyat ko‘rsatadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo Olimpiya kengashining 44-Bosh Assambleyasi o‘z yakuniga yetdi