Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed va Ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi raisi Ilgar Raximov ishtirokida mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning erishayotgan natijalari ham alohida qayd etildi. Shuningdek, 2025 yilda mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi V yozgi Paraosiyo o‘yinlarini tashkil etish yuzasidan barcha tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar mazkur sport tadbirini  muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi