Sud ekspertizalarini o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, xulosalarni rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlik, pochta xarajatlari va byurokratik holatlarga barham berishga harakat qilinmoqda.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari va sud-tergov organlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi bunga yo‘l ochadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yig‘ilishida shu haqda gap bordi.  

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Kengash a’zolari tomonidan jamg‘armaning 2024 yilga mo‘ljallangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritish masalasi ma’qullanib, sud-ekspertlik sohasini yanada raqamlashtirish va sud ekspertizasini o‘tkazish jarayonlarida “E-ekspertiza” axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish)ga mablag‘lar ajratilishi belgilandi.

Ta’kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 dekabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda jamg‘arma mablag‘lari “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va undan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilishi qayd etilgan.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ishlar natijasida davlat sud-ekspertiza muassasalarining amaliyotiga “E-ekspertiza” yagona axborot tizimi to‘liq joriy etiladi hamda sud-tergov organlarining, xususan, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasining yagona axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“E-ekspertiza” tizimi yaratilib, sud-tergov organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilinadi