Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining yoshlar toifasidagi bellashuvlarida olti nafar polvonimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Qit’a birinchiligining so‘nggi kuni o‘rta va og‘ir vazn toifalarida bahslar tashkil etildi. Unda Barchinoy Qodirova (-70 kg.), Shirinjon Yo‘ldosheva (-78 kg.), Shahzodxo‘ja Sharipov (-90 kg.) va Muhammadsodiq Sodiqov (-100 kg.) o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasida Fazliddin Rafiqov  kumush, -81 kg. vaznda Mardon Ravshanov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida terma jamoamiz a’zolari 6 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘rt nafar dzyudochimiz Osiyo chempioniga aylandi