Saylovlarda siyosiy partiyalarning eng muhim hujjati, dasturi bu ularning Saylovoldi dasturi hisoblanadi. Ularda partiyalarning kelgusi besh yillik faoliyati yo‘nalishlari, asosiy maqsad-vazifalari o‘z aksini topadi. Shu kunlarda siyosiy partiyalar tomonidan o‘zlarining yangi Saylovoldi dasturi loyihasini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasi ham partiyaning Saylovoldi dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlandi. Muhokamada deputatlar, ekspertlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar ishtirok etib, O‘zLiDePning Saylovoldi dasturi loyihasini shakllantirish bo‘yicha qator fikr-mulohaza va takliflar bildirdilar.    

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aqshagul Tulegenova partiya Saylovoldi dasturida, eng avvalo, “O‘zbekiston-2030” strategiyasidan kelib chiqqan holda inson qadr-qimmati, erkinligi, huquq va manfaatlari, insonning farovon yashashi kabi masalalarga ustuvor ahamiyat qaratilishi lozimligini ta’kidladi. 

Inson qachon farovon yashaydi? Qachonki mamlakat iqtisodiyoti mustahkam va baquvvat bo‘lsa. Shundan kelib chiqib, deputat partiya Saylovoldi dasturida iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlari, iqtisodiyotni rivojlantirish, bu sohaning qonunchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan maqsad-vazifalar o‘rin olishi lozimligiga e’tibor qaratdi.    

Mahalliy Kengash deputati Sanjar Kumushev partiyaning yangi Saylovoldi dasturiga taksi sohasida raqobatni kuchaytirish hamda komissiyalarni kamaytirish masalasini taklif etdi:  

— Taksi chaqirish xizmati barchamizga qulay bo‘lib kirib keldi. Yandeks misolida ko‘radigan bo‘lsak, o‘zining platformasi bilan kirib kelib, ko‘pchilik haydovchilarni o‘ziga birlashtirdi. Asosiy bosh ofisi kelib tushgan mablag‘dan 15 foizini oladi, qolgan 4,5-5 foiz komissiyani mahalliy taksoparklar oladi. Hozirda raqobat faqat shu kabi taksoparklar orasida ketmoqda. Aslida raqobatni bosh ofisga qo‘llash to‘g‘ri bo‘lardi. Ko‘pchilik haydovchilarning avtomashinasi ijara bo‘lgani sababli ijara haqi, litsenziya olish hamda mehnat staji ketishi uchun har biriga bir BHMdan to‘lashi kerak. Komissiyani tushirish masalasini Saylovoldi dasturiga kiritsak, yaxshi bo‘lar edi, — dedi S.Kumushev.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP Saylovoldi dasturi loyihasiga takliflar berildi