Maktab yarmarkalari ish boshladi
Yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan ota-onalar uchun qulaylik yaratish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini asosiy turdagi o‘quv qurollari, kiyim-kechak va poyabzallar bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-avgustidan – 10-sentyabrigacha Toshkent viloyatida maktab yarmarkalari tashkil etila boshlandi.
Hozirda 240 dan ziyod nuqtalarda maktab bozorlari tashkil etilgan bo‘lib, 26 turdagi zaruriy o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi amalga oshiriladi. Muhimi, yarmarkalar tuman-shaharlarning aholi gavjum joylari, bozorlar, yirik savdo majmualari atrofi hamda maktablarda faoliyat yuritmoqda.
Qayd etilishicha, maktab yarmarkalarini keng assortimentdagi o‘quv qurol, kiyim-kechak, poyabzal va zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari va xususiy tadbirkorlar keng jalb etilgan. Maktab yarmarkalari faoliyatini samarali va uyushqoqlik bilan tashkil etish, jamoat tartibini saqlash va boshqa zarur xavfsizlik tadbirlarini nazorat qilish mahalliy hokimliklar, mutasaddi tashkilotlar mas’ul etib belgilangan.
A.Musayev, O‘zA.