Ubaydova Vazira Erkinovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda Naqshbandiya ta’limotini qo‘llash metodikasi” mavzusida
Ubaydova Vazira Erkinovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) pedagogika fanlari ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda Naqshbandiya ta’limotini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/29.10.2021.T.101.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2024 yil 21 avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200100, Buxoro shahri, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Tel.: (+99865) 223-78-84; Faks: (+99865) 223-78-84
e-mail: info@bmti.uz.