Imzo yig‘ish davomida saylovning mohiyati ham tushuntirilmoqda
Xalq demokratik partiyasining faol va tashabbuskor xodimlari, a’zolari imzo to‘plash jarayonlarini yuqori uyushqoqlik bilan o‘tkazyapti.
Jarayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kengashlari, 200 dan ortiq shahar va tuman kengashlari, 10 mingdan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotlarida tashkil etilyapti.

Shuningdek, odamlar gavjum joylar, turli tashkilot va korxonalarda imzo to‘plash jarayoni qizg‘in. Xususan, Toshkent shahridagi istirohat bog‘larida ham ana shunday nuqtalar tashkil etilgan.

Imzo yig‘ish jarayonlari saylov qonunchiligiga binoan o‘tkazilmoqda. Saylovchilarning partiya faoliyati va saylovga oid savollariga javob berilib, bo‘lajak siyosiy jarayonning mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.
M.Komilova, O‘zA