Poytaxtimizda hunarmandlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 400 dan ortiq mohir usta hunarmandlar ishtirok etib, o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Davra suhbatidan maqsad hunarmandchilik sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, sohani rivojlantirish bo‘yicha tizimli takliflar ishlab chiqish va ularni davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga olib chiqishdan iborat bo‘ldi.    

Qayd etilganidek, so‘nggi 7 yilda hunarmandchilik sohasida mutlaqo yangicha muhit paydo bo‘lib, aholining hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi ortdi. “Usta-shogird” an’analari rivojlandi va mustaqil faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan hunarmandlarni moliyaviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi.    

Xususan, davlatimiz rahbari imzolagan hujjatlarga ko‘ra, “Hunarmand” uyushmasining a’zolari mahsulot ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliqdan ozod etildi. Ijtimoiy soliq stavkasi yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilandi. “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga shogirdlar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi.  

Hunarmandchilik sohasi taraqqiyotini hunarmandchilik yo‘nalishlarining ortishida ham ko‘rish mumkin. Amaliy san’at turlarini qayta tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida dastlab amalda bo‘lgan 25 ta hunar turlari soni 34 taga, bugunga kelib esa 43 taga ko‘paydi. 

Shuningdek, 2022 yilda aylanmadan soliq to‘lovchi hunarmandlar soni  903 nafarga yetib, ular ham aylanma soliqdan berilgan imtiyozlar tufayli  7,2 milliard so‘mlik soliqlardan ozod bo‘ldi.  

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 36 ming nafar hunarmandga 1,1 trillion so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi.    

Tadbir davomida hunarmandlar tomonidan sohani rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.  

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hunarmandlarga 1,1 trillion so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi