Avval xabar berilganidek, bugun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olinib, ularga mandatlar «E-saylov» axborot tizimi orqali elektron shaklda berildi.

Qonunchiligimizga ko‘ra, siyosiy partiya saylovda ishtirok etishi uchun saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, o‘zining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plagan holda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.  

[gallery-18527]

Shundan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan shu kuni siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzosini to‘plash uchun belgilangan namunadagi imzo varaqalari topshirildi.  

Ma’lumki, bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya qirq ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foiz imzosini to‘plashi mumkin. Bugundan boshlab siyosiy partiyalar saylovchilar imzosini to‘plash jarayonlariga kirishadi.  

Muhtarama Komilova,  

Nosir Haydarov (surat),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovchilar imzosini to‘plashga start berildi