Sitora Turdibekova ilk jangda g‘alaba qozondi
Fransiyada o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida hamyurtlarimiz ham ishtirok etmoqda.
57 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Sitora Turdibekova 1/16 final bosqichida Marselat Sakobi (Kongo) bilan raqobatlashdi va g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladigan bo‘ldi.
Endi S.Turdibekova 2 avgust kuni nimchorak final bosqichida Xitoy Taypeyi vakilasi Lin Yu Tingga qarshi ringga ko‘tariladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA