Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasida 2024 yilning 1-yarim yilligida soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va 2-yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shahobiddin Shaymatov amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.  

Ta’kidlanganidek, soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar sohada sezilarli o‘zgarishlarga asos bo‘lib, qulay biznes muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. Aniqrog‘i, soliq yukining kamaytirilishi hamda qator imtiyozlarning joriy etilishi tadbirkorlik sub’ektlari sonining ortishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishida muhim omil bo‘lmoqda.  

– Joriy yilning yanvar-iyun oylari uchun viloyat byudjet daromadlariga belgilangan 977 milliard so‘m prognoz reja haqiqatda 992 milliard so‘mga bajarildi yoki byudjetga 15 milliard so‘m qo‘shimcha daromad yaratildi. Tushumlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 150 milliard so‘mga o‘sishi ta’minlandi, – deydi Sh.Shaymatov. – Yarim yillikda viloyat byudjetiga tushirilgan tushumlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aksiz solig‘i bo‘yicha 22 milliard, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha 4 milliard, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 55 milliard, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha 15 milliard so‘mga o‘sishi ta’minlandi.  

[gallery-18442]

Viloyatda joriy yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklarasiya topshirishlari natijasida, soliq to‘lovchilarga 18 milliard so‘m imtiyoz summalari qaytarib berildi.  

Matbuot anjumanida 2024 yilda kutilayotgan natijalar haqida ham ma’lumot berildi. Joriy yil uchun viloyat mahalliy byudjetiga 2,9 trillion so‘m prognoz belgilangan. Viloyat ma’murchiligi uchun 2 trillion so‘m prognozni xufiyona iqtisodiyotni jilovlash hisobiga 2,4 trillion so‘mga bajarish rejalashtirilgan.  

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi hamda Majburiy ijro byurolari bilan hamkorlikda mavjud soliq qarzdorliklarini undirish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, viloyat bo‘yicha 2024 yil boshidan bugungi kunga qadar 786 ta qarzdor korxonalarning 49,1 milliard so‘mlik soliq qarzi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar balansidagi 334 ta ko‘chmas mulklar, 108 ta transport vositalari, 115 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari va 64 ta boshqa turdagi mol-mulklar xatlandi. Shuningdek, xatlov jarayonlarida 18,6 milliard so‘m miqdorida soliq qarzdorliklari undirilishi ta’minlandi.  

Matbuot anjumanida “mahallabay” ishlash tizimining afzalliklari, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lov tizimi haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.  

Tadbir so‘nggida soha xodimlari OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.  

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda byudjetga 15 milliard so‘m qo‘shimcha daromad yaratildi