Axmedov Bexzod Madaminovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.12/30.12.2019.Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 9 avgust kuni soat 9:00 da o‘tkaziladigan majlisida 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Axmedov Bexzod Madaminovichning “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi 64-uy
Tel./faks: (99871) 150-01-27; (99871)150-01-27;
E-mail: info@mdomoi.uz.