O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekiston bank tizimi tarixida birinchi marotaba Reg S va 144A formatlarida London fond birjasining asosiy bozorida AQSH dollari va o‘zbek so‘mida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi.

Xalqaro obligatsiyalarining Reg S va 144A formatida joylashtirilishi nafaqat Yevropa, balki AQSH, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa hududlardan ham yangi investorlarni jalb qilish bo‘yicha yangi marrani zabt etishga imkon yaratdi.

Buyuk Britaniyaning London shahrida joriy yilning 12-16 iyul kunlari Morgan Stanley (boshqaruvida 5,4 trln dollar), Fidelity (4,9 trln dollar), Goldman Sachs Asset Management (2,7 trln dollar), Amundi (2,8 trln dollar), LGIM (1,2 trln dollar) kabi 60 ta nufuzli investor bilan muzokaralar olib borildi.

Taqdimotlar va muzokaralarda Bank rahbariyati tomonidan investorlarga respublikamizdagi ortga qaytmas iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, bank-moliya tizimi va unda Bankning o‘rni hamda asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Bankning xalqaro obligatsiyalarni joylashtiruv jarayondagi savdolarida 21 ta davlatdan 70 dan ortiq investorlar tomonidan jami 900 mln dollardan ziyod takliflar kelib tushdi. Shundan umumiy 400 mln dollar va 2,25 trln so‘m miqdorida mablag‘lar jalb qilindi.

Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar – xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirishdan kelib tushgan mablag‘lar Bank mijozlarining istiqbolli “yashil”, barqaror va ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan 2019 yilda O‘zbekiston tarixida ilk bor xalqaro kapital bozorida korporativ qimmatli qog‘ozlar, 2023 yilda esa O‘zbekiston banklari orasida birinchi “yashil” obligatsiyalar joylashtirilgandi.

Bank Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zsanoatqurilishbank London fond birjasida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi