Shaxmatchimiz onlayn turnirda Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
Javohir Sindorov shaxmat bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Titled Tuesday" onlayn turnirida jahon shaxmatida o‘z nomiga ega bo‘lgan Magnus Karlsenni mag‘lub etdi.
Mahoratli shaxmatchimiz mukofot jamg‘armasi 1 ming 600 AQSH dollaridan iborat mazkur turnirda 11 imkoniyatdan 10 ochko jamg‘arib, turnir g‘olibiga aylandi. Ikkinchi o‘rin Magnus Karlsenga nasib etdi.
Sindorov chempionlik masalasini hal qilgan turda aynan Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi. Musobaqa davomida Javohir Aleksey Sarana, Endryus Tang, Levi Rozman kabi taniqli grossmeysterlardan ustun keldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA