Isoyeva Laylo Baxtiyorovnaning qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Makkajo‘xori navlarini tomchilatib sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish” (Buxoro viloyati misolida) mavzusida
Isoyeva Laylo Baxtiyorovnaning 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik ixtisosligi bo‘yicha “Makkajo‘xori navlarini tomchilatib sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish” (Buxoro viloyati misolida) mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/30.12.2019.Qx./42.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 30 iyul kuni soat 11:00 dagi yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111202, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Botanika M.F.Y., PSUYEAITI.
Tel.: (+99878) 159-62-84; faks: (+99871) 150-61-37;
e-mail: paxtauz@mail.ru