"Parij-2024"da O‘zbekiston sharafini necha nafar xorijlik sportchi himoya qiladi?
Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkaziladigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan chet ellik sportchilar soni ma’lum qilindi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu yilgi to‘rt yillikning eng muhim musobaqasida 8 nafar mahalliylashtirilgan sportchi O‘zbekiston bayrog‘i ostida «Parij-2024» bahslarida medallar uchun kurash olib boradi.
Zamonaviy beshkurashda Alise Faxrutdinova, velosportda Olga Zabelinskaya, akademik eshkak eshishda Anna Prakaten, erkin kurashda Razambek Jamalov va Javrail Shapiyev, yunon-rum kurashida Rustam Assakalov, suvga sakrashda Igor Myalin va suzish bahslarida Ilya Sibirsev.

Eslatib o‘tamiz, yana 9 kundan keyin boshlanadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining 90 nafar sportchisi 19 ta sport turining 75 ta dasturidagi bahslarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA