Navoiydan 42 ming nafardan ortiq abituriyent test topshiradi
FOTOREPORTAJ
Respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Xususan, Navoiy shahridagi 2 ta manzilda ham test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
2024/2025-o‘quv yili uchun viloyatda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi 42 ming 730 nafar abituriyentdan hujjat kelib tushgan.
25 avgustga qadar tashkil etiladigan test jarayonlarida zarur qulayliklar yaratish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika instituti mas’ullari, «Volontyorlar guruhi» faoliyat olib bormoqda. Volontyorlar ota-onalarni onlayn kuzatuv xonalari bilan tanishtirish, abituriyentlarni kerakli manzillarga to‘g‘ri yo‘naltirishda ko‘maklashmoqda.
[gallery-18265]
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA