Samyayev Anvar Kadirovichning geografiya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Quyi Zarafshon agrolandshaftlarining ekologik holati va ularni xaritalashtirish” mavzusida
Samyayev Anvar Kadirovichning 11.00.01 – Tabiiy geografiya ixtisosligidan geografiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim yetilgan “Quyi Zarafshon agrolandshaftlarining ekologik holati va ularni xaritalashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 25 iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15-uy, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Bosh binosi, 105-xona.
Tel/faks: (+99899) 776-77-25; (+99866) 239-19-36.
ye-mail: rektor@samdu.uz