Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) iyun oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi. Undan mamlakatimizning 8 nafar bokschisi o‘rin oldi.

Jumladan, Isroil Madrimov super yarimo‘rta vazn chempioni sifatida borayotgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘smatov minimal vaznda birinchi o‘rindan joy egalladi. Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarimengil vaznda karvonboshi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, Shahram G‘iyosov yarimo‘rta vazn toifasida eng yuqori pog‘onaga joylashdi.   

Vakillarimizdan Otabek Xolmatov yarimengil vaznda, Bektemir Meliqo‘ziyev supero‘rta vaznda 5, Muhammad Shexov birinchi yarimengil vaznda 10, Botir Ahmedov superengil vaznda 13-o‘rinda qoldi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WBA reytingida charm qo‘lqop ustalarimiz peshqadam