Ushbu dastur BAA Hukumati Akseleratori tomonidan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan BAA va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan hamkorlikda qilinadigan ishlar «yo‘l xaritasi» doirasida tadbir tashkil etildi.  

Uch kun davom etadigan seminarni o‘tkazishdan maqsad, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, eng yaxshi tajribalarni baham ko‘rish va O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani rivojlantirish bo‘yicha transformatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.

 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ushbu akselerator O‘zbekiston uchun Taraqqiyot strategiyasini yaratishda «epimarkaz»ga aylanganini ta’kidladi. Bu, 2022-2026 shuningdek, 2024-2030 yillarga mo‘ljallanganTaraqqiyot strategiyasidir.  

– Bugun biz ushbu akseleratorni rivojlantirishning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz va bu O‘zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Biz uzoq vaqtdan beri barcha ijtimoiy xizmatlarni bir joyda birlashtirish ustida ishlayapmiz. Hamkasblarimiz bilan birgalikda ushbu seminarda ijtimoiy xizmatlar va umuman O‘zbekiston fuqarolari hayotini qanday yaxshilashimiz mumkinligini muhokama qilamiz, – dedi O.Hakimov.

Tadbirda BAA Hukumati Accyelerator direktori doktor Radia Al Xashimi standart iqtisodiy loyihalarni o‘zgartirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.  

– Bugun men keyingi qadamni qanday qo‘yish haqida gaplashmoqchiman. BAAda biz transformatsiya loyihalariga yangi yo‘nalishni boshladik. Bugun ushbu tajribamizni sizlar bilan almashmoqchimiz – BAAdagi innovatsiyalar markazimiz bu bilan shug‘ullanadi. Olingan bilim va tajribadan kundalik faoliyatingizda qanday foydalanishni ko‘rish qiziq bo‘ladi, – dedi Radia Al Xashimi.  

Akselerator guruhlari uch kunlik dastur doirasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini baholash va monitoring qilish kabi sohalardagi muammolarni hal etish masalalarini muhokama qiladi. Bu esa mazkur sohada o‘zgarishlar jarayonini boshlash uchun turtki bo‘ladi.  

Seminar ishtirokchilari aholi turmush sifatini yaxshilash uchun ijtimoiy sohada transformatsion tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va yondashuvlarni muhokama qildi.  

Akseleratsiya dasturi yakunlari bo‘yicha aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida innovatsiyalar va barqaror rivojlanishni kengaytirish bo‘yicha ish rejasi ishlab chiqiladi.  

M.Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasining transformatsiya yo‘li» akselerator dasturi ishga tushirildi