Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati mas’ullari bu kabi savollarga javob berdi.

Unda qayd etilishicha, global iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik sharoitida Markaziy Osiyo davlatlaridan oqib o‘tuvchi daryolarda suv hajmlarining pasayishi kuzatilishi katta va o‘rta GESlarni to‘liq quvvatlarda ishlashini cheklamoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan ekologik toza elektr energiyasi hajmlariga salbiy ta’sirini o‘tkazayotir. Elektr energiyasi hajmlarida yuzaga keladigan tafovutni qoplashda kichik suv bosimi va xarajatida ishlovchi mikro GESlar muhim ahamiyat kasb etadi.  

«O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati ijro apparati rahbari Suhrob Hamroyevning so‘ziga ko‘ra, mikro GES – juda oz miqdordagi resurslar evaziga atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan elektr energiyasini ishlab chiqish texnologiyasidir.  

– Bunda o‘rnatilgan quvvatidan kelib chiqib, bir-nechta xonadon, kichik sex yoki mahallaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yetarli bo‘ladi.  

[gallery-18105]

Har qanday mikro GES ishlashining asosiy omili gidrostatik bosim hamda suv sarfidir. Gidrostatik bosim GESga keluvchi suv sathining turbina ishchi g‘ildiragi markazi sathidan balandligi bilan o‘lchanadi. Suv sarfi esa turbinaga sekundiga qancha metr kub suv uzatilishi ko‘rsatkichidir. Gidrostatik bosim suv oqimini sharshara kabi keskin pastga yo‘naltirishga imkon beradi. Bunda suv turbina valini yuqori tezlik bilan aylantirib beradi va generator valiga uzatiladi hamda buning natijasida generator tok ishlab chiqaradi, – dedi S.Hamroyev.  

Tadbirda Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabrdagi «Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati va uning ijrosi haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, yurtimizda xususiy investorlarga quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni qurish loyihalari ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi. Shunga asosan qator auksion savdolari o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi hamda mikro va kichik GESlarni qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.  

Bu borada respublika hududlari bo‘ylab mikro va kichik GESlarni qurish mumkin bo‘lgan salohiyatli maydonlar aniqlandi.  

«O‘zbekgidroenergo» AJ boshqarma boshlig‘i Avaz Zokirov ta’kidlaganidek, o‘tgan vaqt davomida xususiy sektor ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 200 ta mikro GES loyihasining ro‘yxati shakllantirilgan hamda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.  

– Mazkur farmonga binoan mikro va kichik GESlarni qurishda tadbikorlarni keng jalb etish bo‘yicha jamiyat rahbarligidagi tegishli ishchi guruh tomonidan reja asosida Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida keng targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.  

Shuningdek, xususiy sektor vakillariga kichik va mikro GES loyihalarni amalga oshirish uchun barcha huquqiy va iqtisodiy sharoitlar yaratib berildi. Yuqorida zikr etilgan farmon ijrosi doirasida kichik va mikro GESlarni qurish istagidagi tadbirkorlarga yerlarni 20 yil muddatga ijaraga berish, ular ishlab chiqargan elektr quvvatini davlat tomonidan kafolatli sotib olish tizimi joriy qilindi.  

Tadbirkor auksiondan mikro GES loyihasini yutib olib, loyihani ishga tushirishga qadar bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab berildi. Shuningdek, tadbirkorlar belgilangan tarif bo‘yicha ishlab chiqarilgan elektr energiyasi iste’molidan ortgan qismini davlatga kafolatli tarzda 1 350 so‘mdan sotishi mumkin. Bu jamiyat tasarrufidagi energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan elektr energiyasi tannarxiga nisbatan qariyb 3 (2,7) barobar qimmatga sotish imkoniyatini beradi.  

Bugungi kungacha xususiy investorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan 60 ga yaqin mikro va kichik GESlarni qurish loyihalari bo‘yicha tashabbuskorlar auksion savdolari orqali aniqlangan. Hozirda «O‘zbekgidroenergo» AJ va tadbirkorlar ishtirokida 30 ga yaqin ob’ektda qurilish-montaj hamda qolgan ob’ektlarda loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda, – dedi A.Zokirov.  

Tadbirda qayd etilgani kabi bugungi kunda «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan umumiy quvvati 12,5 MVt bo‘lgan 22 ta mikro va kichik GES loyihalari ishga tushirilgan. Jumladan, joriy yilning birinchi yarim yilligida umumiy quvvati 9,5 MVt bo‘lgan 9 ta loyiha foydalanishga topshirilgan. Yil yakuniga qadar yana umumiy quvvati 15 MVt bo‘lgan 10 ta mikro GES loyihasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.  

Nasiba Ziyodullayeva, Nosirjon Haydarov (foto), O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mikro GESlar qurilishi iqlim o‘zgarishida munosib yechim bo‘la oladimi?