FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va qator tashkilotlar hamkorligida “Qutqaruvchi yoshlar forumi” o‘tkazildi.
Tadbir Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining madaniyat saroyida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev va yoshlarning onlayn muloqoti bilan boshlandi.
Muloqotda vazir Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar uchun yaratilgan sharoit, ularning ilm-fan, axborot-texnologiyalari va sport sohalarida erishayotgan muvaffaqiyati haqida to‘lqinlanib gapirdi.
[gallery-18104]
Tadbir doirasida yong‘in xavfsizligi, harbiy texnik vositalar, tasviriy va amaliy san’at asarlari, milliy va an’anaviy buyumlar ko‘rgazmalari tashkil qilindi.
So‘ng forum ishtirokchilari I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi va Mo‘ynoq tumanidagi diqqatga sazovor joylarga sayohat qildi. Shuningdek, tadbir doirasida “Zakovat” intellektual uyini “Tengdosh - tengdoshga” tamoyili asosidagi davra suhbati, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/OAHbveQK2lg?si=f__A0-r8kpB2ubki" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA