Biznes ombudsman 7 yillik faoliyati davomida tadbirkorlarning 39 mingdan ortiq murojaatlarini ko‘rib chiqdi va bu davrda tadbirkorlar foydasiga 300 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qaytarilishiga erishdi.

Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Zukko” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ tuman hokimligidan qarzdorlikni undirib berishni so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.  

Aniqlanishicha, 2023 yil 5 dekabr kuni tuman hokimligi va tuman ma’naviyat bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida joylashgan MCHJga qarashli kitob do‘konidan qariyb 200 dan ziyod kitoblar olib ketilgan va puli to‘lab berilmagan.  

Vakil devoni xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida olib ketilgan kitoblar uchun qarzdorlik hisobga olinishi va pul mablag‘i to‘lab berilishi ta’minlandi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlikdan qarzdorlik undirib berildi