Prezidentimiz raisligida 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona viloyatida yoshlarni sportga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.

Yoshlarni har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lishida sportning o‘rni beqiyos. Shu bois mamlakatimizda sportning ommaviyligini ta’minlashga muhim e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda tajriba sifatida shahar va tumanlardagi sport ta’lim muassasalari qoshida sport turlari bo‘yicha 74 ta sport klublari tashkil etildi. Ularga 98 nafar murabbiy biriktirilib, ikki mingga yaqin yoshlar qamrab olindi. O‘tgan yildan boshlab, sport klublari o‘rtasida viloyat kubogi musobaqalarini o‘tkazish jadvali va nizomi ishlab chiqilgan. Mazkur musobaqalar davomida saralab olingan viloyat terma jamoalari vakillaridan iborat 2 ta voleybol jamoasi O‘zbekiston oliy liga musobaqalarida qatnashdi. Qizlar jamoasi birinchi hamda yigitlar jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

– Bugungi kunda yoshlarimiz orasida sportning barcha turlari tobora ommalashmoqda, – deydi viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov. – Joriy yilning o‘tgan davrida sportda yuqori natijaga erishganlar 1 ming 944 tani tashkil qilgani ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.  Ommaviy sport tadbirlariga jalb qilingan aholi soni 493 ming 523  nafar bo‘lib, 29,1 foizni tashkil qildi. 52 mingdan ziyod yoshlar esa sport ta’lim muassasasida shug‘ullanmoqda.  

Viloyatning chekka hududlarida joylashgan sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahallalarga 2023-2024 yillarda 88 ta sport maydonchalari barpo etildi. Shahar va tumanlardagi markaziy ko‘chalarda 98 kilometr salomatlik yo‘laklari hamda 103 kilometr velosport yo‘laklari tashkil qilindi. Mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va aholini jalb etish maqsadida barcha mahalla fuqarolar yig‘inlariga 4 turdagi 10 ming 627 dona sport jihozlari yetkazib berildi.  

Mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar natijasida sportchilar xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Xususan, farg‘onalik sportchilarning erishayotgan yutuqlari ham barchani quvontiradi.  2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida viloyatning 18 nafar sportchilari tomonidan jami 19 ta ishtirok etish uchun yo‘llanmalar qo‘lga kiritildi. Quvonarlisi, mamlakatimiz tarixida sportning kamondan otish turi bo‘yicha ilk Olimpiada yo‘llanmasiga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Ziyoda Abdusattorova sazovor bo‘ldi.   

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilar Parijdagi Olimpiadaga 19 ta yo‘llanma oldi