Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni, aholining barcha qatlami sog‘lom, faol hayot kechirishini ta’minlash dolzarb masala hisoblanadi. Ayni jarayonda tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy, ekologik boshqaruv tizimini joriy etish juda muhim. Ayniqsa, maktablarda ushbu muammoni hal etish o‘sib kelayotgan yoshlar kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish, demakdir.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirishga kirishayotgan “Maktab ovqatlantirish dasturini sinovdan o‘tkazish orqali oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni yaxshilashni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.

Ushbu loyiha yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan kirish seminarida Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), Maktabgacha ta’lim agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi hamda Ibn Sino jamoat fondi vakillari ishtirok etdi.

Qatnashchilar loyihaning maqsadi, vazifasi, ko‘lami, konsepsiyasi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtirildi. Tomonlar ish rejasini ko‘rib chiqib, amalga oshirish shartini kelishib oldilar.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar orasida to‘yib ovqatlanmaslik, zararli oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish va semirish muammosi yuzaga chiqayotgani ta’kidlanmoqda. Samarali ta’lim, mustahkam sog‘liq va sifatli ovqatlanish inson kapitalini shakllantirishning asosi hisoblanadi.

Aynan maktabdagi o‘qish davrida bolalarda jismoniy, ruhiy va kognitiv o‘zgarishlar kuzatiladi. FAOning yangi loyihasi maktablarda ovqatlanish dasturlarini sinovdan o‘tkazish orqali ehtimoliy xavf-xatarni aniqlash va oldini olish imkonini beradi.

Loyiha amalga oshirilishi maktab o‘quvchilarini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, maktabda sog‘lom ovqatlanish dasturlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish, tizimdagi tegishli muammolarni hal qilishga zamin yaratadi.

– Yaxlit va izchil maktab dasturlari, bolalarning ovqatlanish tizimi, ta’limi va sog‘lig‘iga e’tibor inson huquqiga erishish kalitidir, – dedi FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov. – Maktabda sog‘lom ovqatlanish, sifatli oziq-ovqat bo‘yicha tadbirlar ta’sirida o‘quvchilar sog‘lom ovqatlanish amaliyotini o‘zlashtirishi mumkin. Ushbu dasturlar mahalliy fermer va dehqonlardan maktab uchun oziq-ovqat xarid qilish orqali mahalliy tizimni qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va diversifikatsiya qilishga yordam beradi.

Seminar davomida maktablarda ovqatlanish tizimidagi mavjud kamchilik, muammo va imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, mavjud muhitni yaxshilash uchun maxsus imkoniyatlarni rivojlantirish chor-tadbirlari muhokama qilindi.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablarda oziq-ovqat xavfsizligi tashabbusi ilgari surilmoqda