Qozon shahrida «BRIKS» o‘yinlari poyoniga yetishi bilan tatar koreshi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvlari o‘tkazildi.

«BRIKS» o‘yinlarining belbog‘li kurash sport turining yo‘nalishlaridagi musobaqalarda 29 ta medallar shodasini qo‘lga kiritgan mamlakatimiz sportchilari tatar koreshi bo‘yicha o‘tgan jahon chempionatida ham munosib natijalarni qayd etdi.

31 ta davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan jahon chempionatida belbog‘li kurashchilarimiz 1 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Mahoratli sportchilarimizdan Husniddin Ro‘ziyev 85 kilogrammda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘z vazn toifalarida Nodir Abdumalikov, Oybek Sultonov, Ilhom Mashrabov, Jasurbek Isroilov, Nodirbek Ahatjonov, Ilyosbek Mirzahmedov, Hislat Pirmatov kumush, Jamoliddin Ne’matullayev, Mardonbek Kimsanboyev, Azizjon Azimjonov, Nusrat Sultonboyev, Bekzodbek Kamoliddinov, A’zamjon Anvarjonov bronza medaliga ega chiqdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurashchilarimiz Qozonda yana bir bor muvaffaqiyatga erishdi