Bokschilarimiz WBC reytingida yuqoriladi
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu reytingda mamlakatimizning 8 nafar charm qo‘lqop ustasi o‘rin egalladi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Mirazizbek Mirzaxalilov 28-o‘rinni band etdi. Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida jang qilayotgan Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan beshinchi pog‘onasini hech kimga bermadi.

Iqtidorli bokschimiz Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda 3 pog‘ona yuqorilab, 8-o‘rin sohibi sifatida e’tirof etildi. Super og‘ir vazn yo‘nalishida Bahodir Jalolov 2 pog‘ona ko‘tarilib, 10-o‘rindan joy oldi. Super o‘rta vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev 13, yengil vazndagi Olimjon Nazarov 30-pog‘onadan o‘rin oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA