Yurtimizdagi 2075 ta jome masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qildi
FOTOREPORTAJ
Bugun respublikamizning barcha hududlaridagi 2075 ta jome masjidida Qurbon hayiti namozi ado etildi.
Masjidlarda namozxonlar Qurbon hayitining farz ibodatini ado etishi uchun barcha sharoit yaratildi.
Jamoat bilan bayram namozi o‘qish niyatida masjidlarga yig‘ilgan yurtdoshlarimiz bugungi dorilomon kunlarimiz uchun shukronalar keltirib, tinchlik-farovonlik bardavom bo‘lishini so‘rab duo qildi.
Yurtimizdagi jome masjidlarida o‘qilgan Qurbon hayiti namozi jarayonidan tayyorlangan fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz:
1. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Hasanxon qori” jome masjidida.
[gallery-17882]
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi «Imom eshon Muhammad» jome masjidida.
[gallery-17883]
3. Andijon shahridagi “Imom Al-Buxoriy” jome masjidida.
[gallery-17884]
4. Buxoro shahridagi “Xo‘ja Ismat”, “Volidai Abdulazizxon”, “BoloiHovuz” hamda Jondor tumanidagi “Qutayba Ibn muslim” jome masjidlarida.
[gallery-17885]
5. Jizzax shahridagi “Qo‘shchinor” jome masjidida.
[gallery-17886]
- Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy” jome masjidida.
[gallery-17887]
7. Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” jome masjidida.
[gallery-17888]
- Samarqand shahridagi “Namozgoh” jome masjidida.
[gallery-17890]
9. Sirdaryo viloyatidagi “Guliston” jome masjidida.
[gallery-17891]
10. Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Hakim Termiziy” jome masjidida.
[gallery-17893]
11. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Qirsadoq” jome masjidida.
[gallery-17894]
12. Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi “Hazrati Mirijanda ota” jome masjidida.
[gallery-17895]
13. Farg‘ona shahridagi “Yangi chek” jome masjidida.
[gallery-17896]
14. Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Shahidlar bobo” jome masjidida.
[gallery-17897]
O‘zA suratlari.