Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Samarqandga keldi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan yurtimizda davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 15 iyun kuni Samarqandga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Koreya Respublikasi delegasiyasi a’zolari yurtimizning boy tarixi, qadim kent obidalari bilan tanishadi.








Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA