Shu oyning 27–30 iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida "II Xalqaro maqom san’ati anjumani" bo‘lib o‘tadi.

Sharq musiqashunosligida alohida o‘rin tutadigan ushbu yo‘nalishni yanada rivojlantirish, jahonda o‘zbek mumtoz san’ati namunalarini keng tanitish maqsadida tashkil etiladigan festival bugun O‘zbekiston va dunyo jamoatchiligining e’tibori markazida.  

Shu sababli “Aloqa tarixi muzeyi” majlislar zalida “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi xodimlari uchun maqom san’ati vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Aytish kerakki, rejada mazkur tadbirlarni yana 33ta yirik tashkilot va korxonalar jamoasi o‘rtasida o‘tkazish belgilab olingan.  

Uchrashuvda ustoz-san’atkorlarning maqom haqida, uning bugungi kundagi tutgan o‘rni to‘g‘risidagi fikrlari eshitildi. So‘ngra  maqom yo‘nalishidagi kuy-qo‘shiqlar tinglandi.

Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar Aloqa tarixi muzeyida saqlanayotgan noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, salkam bir asrlik tarixni o‘zida mujassam etgan radiouskunalar ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.  

Bir vaqtlari radio kashf qilinganda, ulardan yangragan mumtoz navolar ko‘plab musiqa shaydolarining maroqli xordiq chiqarishlariga xizmat qilgan bo‘lsa, buni qarangki o‘tgan asrning 50 yillarida yaratilgan ushbu uskunalarda bugun ham radio tinglash mumkin.  

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/W9lUvOj0hCc" title="Xalqaro maqom sanʼati anjumaniga tayyorgarlik avjida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Maqom san’ati ham shunday. U qachon va qayerda yangramasin hech qachon o‘z o‘rni va ahamiyatini yo‘qotmaydi.  

Sanjar Toshpo‘latov, Asliddin Alijonov , Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyorgarlik avjida (+video)