Har bir soha taraqqiyotida startapchilarning alohida o‘rni bor. Ularni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash doimgidan dolzarb.
O‘zbekistonning yetakchi tijorat banklari hamda startapchilar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad bank sektoriga mamlakatning venchur va startap ekotizimining rivojlanish dinamikasi bilan tanishtirishdan iborat edi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonning eng yirik banklari istiqbolli startap-loyihalar bilan tanishdi hamda ularni bank tuzilmasiga integratsiya qilish va investitsiyalash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Taqdim etilgan startaplar orasida TezService.uz, Didox.uz, Link Home, Delever, Faktura.uz va iCan bor. Bundan tashqari, Plug and Play “Banklarning startap-loyihalar bilan hamkorlik modellari: o‘sish potensiali” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Muloqot davomida bank rahbarlari va startap asoschilari tajriba almashib, hamkorlik rejalarini va investitsiya masalalarini muhokama qildi.
N.Rahmonova,
O‘zA