O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT – shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Samarqand viloyati Nurobod tumanida amalga oshirilgan tajriba asosida faoliyati hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitishga yo‘naltirilgan "IT-shaharcha"lar tashkil etiladi.

"IT-shaharcha"larning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat bo‘ladi:

yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag‘batlantirish;

seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta’lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;

dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida ta’lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o‘qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;

yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirish.

Qaror bilan:

"IT-shaharcha"lar faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari hamda bino va inshootlar ro‘yxati;

“IT-shaharcha"lar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Hududlarda tashkil etiladigan "IT-shaharcha"lar Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi "Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi" davlat muassasasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linmalari hisoblanadi.

Markaz "IT-shaharcha"lar faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshiradi:

yoshlarga bepul ta’lim olish uchun qulay sharoitlar yaratadi, ta’lim jarayonlari sifatli tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda yoshlarga xalqaro masofaviy ta’lim platformalarida bilim olish imkoniyatini yaratadi;

ta’lim berish uchun mentorlarni jalb qiladi, ular bilan shartnomalar tuzadi, shuningdek, bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib boradi;

"IT-shaharcha"lar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda yuklatilgan vazifalar ijrosi nazoratini amalga oshiradi;

o‘quv dasturlariga binoan yoshlarning bilim olishi va ko‘nikmalar egallashi, shuningdek, mashg‘ulotlar bo‘yicha davomatini monitoring qilib boradi;

Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda "IT-shaharcha"larda yoshlar ishtirokida sohaga oid turli musobaqalar, tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi.

Qaror bilan hududlarda "IT-shaharcha"lar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi ham tasdiqlandi. Ishchi guruhining asosiy vazifalari:

namunaviy loyihalar asosida "IT-shaharcha"larni barpo etish, ularni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar, zaruriy muhandislik infratuzilmalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar, xorijiy tillar va zamonaviy kasblar yo‘nalishida yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar (mentorlar)ni jalb qilishga ko‘maklashish;

"IT-shaharcha"lar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish;

mutaxassislar (mentorlar) malakasi muntazam oshirib borilishi, yoshlarning "IT-shaharcha"larda tahsil olishga yo‘naltirilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

                                                                                                                           O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda “IT-shaharcha”lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi