Axborot texnologiyalari sohasini jadal rivojlantirish uchun ushbu tizimga doimiy yangiliklar olib kirish davr talabiga aylandi. Buning uchun esa xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik juda muhim.

Qozog‘istonning Almati shahrida BMT, “Astana Hub” va Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi hamkorligida “Raqamli hukumat va raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada yurtimizdan bir guruh soha mutaxassislari ishtirok etdi.    

Anjumanda 15 ta davlat jumladan, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Kambodja, Laos, Mo‘g‘uliston, Filippin, Shri Lanka, Vetnamdan kelgan ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi.  

Konferensiya qatnashchilari elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish barobarida raqamli hukumat sohasidagi ilg‘or tajriba va tendensiyalarni muhokama qildi, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘llarini belgilab oldi.  

Anjuman davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasida o‘zaro tajriba almashish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish uchun muhim maydonga aylandi.  

N.Rahmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro konferensiya: 15 ta davlat bilan tajriba almashish imkoniyati yaratildi